«Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelayotgani hammamizni o‘ylantirishi kerak.
Shu bois, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarur.
Bu maqsadda 2023 yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi.
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi.
Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi», — deydi Shavkat Mirziyoyev.