Gap shundaki, Filippinda ta’lim tizimi qiyin ahvolda. Ma’lumotlarga ko‘ra Filippinlik har 10 nafar kollej talabasidan uchtasi oʻqishni tashlab ketgan.
2021-2022 yillarda talabalarning taxminan 37 foizi o‘qishni tashlab ketgan bo ‘lsa, kollejni tark etish darajasi keyingi o’quv yilida 41,03 foizga oshdi va 2024 yilda 29,4 foizni tashkil etdi.
Jahon bankining iyun oyida e’lon qilgan hisobotida Filippinning inson kapitali ko’rsatkichlari boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda «past» ekanligini aytdi. Ta’kidlanishicha, filippinlik bola 18 yoshga to’lgunga qadar o’z ishlab chiqarish salohiyatining yarmiga erisha oladi, xolos.
Milliy ta’lim tizimi endi davlat universitetlari va kollejlaridan dasturga muvofiqlik sertifikatini taqdim etishlarini talab qiladi, agentliklar ularning darajasi minimal ta’lim standartlariga mos kelishini tekshira oladi.
2022 yilgi Xalqaro talabalarni baholash dasturiga ko‘ra, filippinlik talabalar matematika, o‘qish va fan bo‘yicha dunyodagi eng zaif talabalar qatoriga kirgan. Filippin 81 mamlakat ichida 77 – o‘rinni egalladi va barcha toifalar bo‘yicha global o‘rtacha ko‘rsatkichdan yomonroq natijani ko‘rsatdi.