6-iyun Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan 12:00dan 18:00gacha O’zbekiston Gyote instituti Hashar Week loyihasi bilan hamkorlikda chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha aksiya o’tkazadi.
Quyidagilar yigʻiladi:
Makulatura: karton, qogʻoz
Plastik: 01 PET (bakalajka), 02 HDPE (yuvish vositalarining idishlar va h.z.), 05 pp qattiq plastik, polietilen paketlar
Metall: alyuminiy idishlar va aerozol ballonlari.
12:00da bolalar va ularning ota-onalari uchun chiqindilarni saralash boʻyicha master-klass va saralash qoidalarini yaxshiroq tushunish uchun “Quvnoq chiqindilar” oʻyini boʻlib oʻtadi.
Aksiyaning eng faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadilar!