FUJIFILM Printlife fototanlovi

FUJIFILM Printlife xalqaro fototanlovi eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 5-dekabr.

Barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ishlaringizni tanlov saytiga yuborishingiz kerak. 

Tanlovda har haftada eʼlon qilinadigan turli mavzulardagi fotosuratlar qabul qilinadi.

Suratlar telefonda, shuningdek, professional kamerada ham olinishi mumkin.

Har haftada gʻoliblarga besh sovrin taqdim etiladi:

· fotonashr xizmatlari uchun 200 yevrolik vaucher

· fotonashr xizmatlari uchun 150 yevrolik vaucher

· fotonashr xizmatlari uchun 100 yevrolik vaucher

· instax Mini 40 kamerasi va 10 ta kadr uchun plyonka toʻplami 

· instax mini 11 kamerasi va 10 ta kadr uchun plyonka toʻplami 

Saralab olingan fotosuratlar 2021-yil 18–21-dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida boʻlib oʻtadigan «The Photography Show» koʻrgazmasida omma eʼtiboriga taqdim etiladi.

Tadbir tashkilotchisi – FUJIFILM (Germaniya). 

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.