Fotosuratchi, dizayner va arxitektorlar uchun uch tanlov

FINI ijodiy tanlovi

FINI xalqaro ijodiy tanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 28-yanvar.

Fotografiya, grafik dizayn, tasviriy san’at va hujjatli filmlar sohasidagi 18 yoshdan katta talabalar va professionallar qatnashishi mumkin. Ishtirok etish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Tanlovga «Iqlim o‘zgarishi» mavzusi bo‘yicha ikki kategoriya: professionallar va talabalar bo‘yicha quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishlar qabul qilinadi:

· Fotografiya (analog va raqamli)

· Muqobil san’at (raqamli san’at, fotomontaj yoki kollaj);

· Hujjatli film (qisqa metrajli yoki to‘liq metrajli);

· Plakat (ixtiyoriy uslubda).

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

· «professionallar» kategoriyasi uchun:

500 – 3 000 dollar.

· «talabalar» kategoriyasida:

250 – 1 500 dollar.

Tashkilotchi – Idalgo shtati avtonom universiteti (Meksika).

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

LVMH Prize dizayn konkursi

LVMH Prize kiyim dizayni xalqaro tanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 30-yanvar.

18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan dizaynerlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun tanlov saytida ariza topshirish lozim.

Tanlovga kamida ikkita ayollar, erkaklar yoki uniseks kiyimlar kolleksiyasi bor arizalar qabul qilinadi. Bir kolleksiyada 6 tadan kam predmet bo‘lmasligi kerak. 

G‘olib 300 000 yevro miqdoridagi grant va individual murabbiyga ega bo‘ladi. Karl Lagerfeld nomidagi maxsus mukofot sovrindori 150 000 yevro va 1 yillik murabbiylik bilan taqdirlanadi. Final oflayn o‘tkazilsa, g‘oliblarning Fransiyada yashash va yo‘l xarajatlari qoplanadi.

Tashkilotchi – LVMH jamoasi (Fransiya).

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Wheelwrite Prize yosh arxitektorlar mukofoti

Wheelwrite Prize xalqaro grantlar tanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 30-yanvar.

Wheelwrite Prize grantlar tanlovi noyob dizaynerlik iqtidorini namoyish etayotgan, akademik va professional sohalarda tan olingan va kreativ sohada istiqbolga ega yosh arxitektorlar o‘rtasida har yili o‘tkazilib kelinadi. 

Talablar: 

· nomzod akkreditatsiyadan o‘tgan oliygohda arxitektura yo‘nalishini so‘nggi 15 yilda yakunlagan bo‘lishi lozim;

· nomzodlar bundan oldin Wheelwrite Prize mukofoti bilan taqdirlanmagan;

· tanlov g‘oliblari ayni damda boshqa stipendiyali dasturlarda qatnasha olmaydilar;

· faqat individual qatnashchilarning ishlari qabul qilinadi, jamoaviy ishlar qabul qilinmaydi;

· g‘oliblar kamida 6 oy chet elda tadqiqot o‘tkazishga tayyor bo‘lishlari kerak;

· tadqiqotlarni AQSHda o‘tkazish mumkin emas. Tadqiqotlar mukofot olinganidan so‘ng 12 oy ichida boshlanishi va 2 yilgacha yakunlanishi lozim;

· mukofot mustaqil ta’lim va tadqiqot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan universitetda o‘qish uchun foydalanish mumkin emas. Lekin grantni konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari uchun ishlatish mumkin.

G‘olib tadqiqot bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash, shuningdek, Garvard universitetida ma’ruzalarni tinglash va o‘z ishlarini Garvard nashriyotlarida chop etish uchun 100 000 dollarga ega bo‘ladi.

Tashkilotchi – The President and Fellows of Harvard College.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.