Farg‘onada ilk bor kitob bayrami o‘tkaziladi

Viloyat hokimligining ta’kidlashicha, Kitobxonlik haftaligi 18–23-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Festival mehmonlarini kitoblar yarmarkasi, mualliflarning taqdimoti va boshqa qiziqarli tadbirlar kutmoqda.

Shuningdek, Kitobxonlik haftaligi doirasida turli tanlovlar, intellektual o‘yinlar va konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Konsertdan tushgan mablag‘ Viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasining kitob fondini to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi.