Fargʻonada 145 nafar abituriyentning buzilgan huquqlari tiklangan

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilganda, 356 nafar abituriyentlarning haqiqatda to‘plagan ballariga soxtalashtirilganligi ma’lum bo’ldi.

Shundan so’ng, idoralararo ishchi guruhi tuzilib, har bir abituriyentning natijalari qayta ko‘rib chiqildi va 145 nafari (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov-kontrakt) asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmagani aniqlandi. Shundan soʻng 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan.