EPAM Insider Tashkent xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 22-may kuni soat 9:00dan 17:30gacha “EPAM Systems” IT-parki rezidentining “EPAM Insider Tashkent” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyada dunyoning 40dan ortiq mamlakatlarida o’z filiallariga ega bo‘lgan, buyurtma asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan birining faoliyati hamda kompaniya mutaxassislari bilan tanishishingiz mumkin.
– 15 spiker
– karyera imkoniyatlari
– tanlovlar, sovrinlar va boshqalar.

Konferensiya ingliz tilida olib boriladi.

Ishtirok etish uchun https://clck.ru/gmJht havolasi orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Manba: Matbuot markazi