Eng zo’r onlayn loyiha uchun grant e’lon qilindi

Jamiyatning ijobiy tomonga o‘zgarishiga yordam bera oladigan onlayn loyiha uchun g‘oyangiz bor, lekin uni amalga oshirish uchun yetarli mablag’‘ingiz yo‘q bo‘lsa, Toshkentdagi Amerika markazi granti uchun ariza topshiring:

American Center Tashkent (ACT) AQSH elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining Toshkentdagi markazi hisoblanadi. O‘z faoliyati doirasida yoshlarga keng miqyosdagi imkoniyatlarni taklif etib, ularning g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 1 000  — 8 000 dollar miqdorida grant taqdim etadi.

G‘oyalar quyidagi yo‘nalishlardan biriga aloqador bo‘lishi lozim:

 • Kompyuter dasturlash;  

 • Fuqarlik jurnalistikasi;  

 • Media savodxonlik;  

 • Iqlimga oid tadqiqotlar;  

 • Xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

Talablar: 

1. 22-fevral 10:00da yoki 23-fevral 15:00da o‘tkaziladigan axborot uchrashuvida qatnashing.

2. Grant uchun ariza to‘ldirish va 23-martgacha rezyume bilan birgalikda [email protected] elektron manziliga yuboring.

Ariza shakli va Zoom’dagi axborot sessiyasi havolasini olish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring va elektron pochtangizni qoldiring:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdG4PvmkhB2CtBtlwqkYVbedyZFN_u8Zow1Iv1