Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq toʻlanadi

Talabalarning davlat organlarida haq to‘lanadigan amaliyotiga oid qaror loyihasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3,5 oy, bakalavriat talabalari esa to‘rtinchi semestrdan keyin 1,5 oy amaliyot o‘tashlari mumkin.

Magistratura bosqichi stajorlari amaliyot o‘tash kunlari uchun eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida, bakalavriat bosqichi stajorlari esa eng kam ish haqi miqdorida maosh oladi.