Endi talabalar to‘lov-shartnomasini onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.