Endi talabalar o‘qituvchilari bilan boshqa mamlakatlarga ham borishlari mumkin bo‘ladi

Bu haqda O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tgan “Vazirlar va yoshlar” yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Talabalarning taklifi shundaki, ular ham xizmat safarlariga borib, xorij tajribasini o‘rgansinlar.

Vazir Abduqodir Toshqulov: “Xorijga tajriba almashish uchun ketgan professor-o‘qituvchilar kamida besh nafar talaba o‘zlari bilan olib ketmasa, o‘qituvchilarning chet elga chiqishiga ruxsat berilmaydi”, dedi. Albatta, ta’lim sifatini oshirish uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish zarur.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan barcha fikr-mulohazalar umumlashtirilib, taklif va mulohazalarni tezroq amalga oshirish yuzasidan vazirlik mutasaddilariga topshiriqlar berildi.