Endi har oyning 5-kuniga qadar talabalarga stipendiyalar beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qarorga muvofiq, 2022-yil 1-maydan boshlab har oyning 5-kuniga qadar talabalarga stipendiyalar moliyalashtiriladi va beriladi.

Aholining bankomatlar bilan qamrovini oshirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrga qadar hududlarga, jumladan, olis joylarga ham 1800 dona bankomat yetkaziladi va o‘rnatiladi.