Endi faqat ikkita holatda o’qishni boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirish mumkun

7-iyun kuni — Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim tizimida maishiy korruptsiya hamon saqlanib qolayotgani, bu asosan ta’limni o’tkazish jarayonida kuzatilayotganini ta’kidladi.

“Endi faqat ikki toifadagi talabalarga o‘qishga o‘tkazishga ruxsat beriladi: turmush qurganlar va davlat xizmatchisi sifatida ishga o‘tkazilgandagina”, – deydi Abduqodir Toshqulov.

Abduqodir Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish uchun vazirning xati talab qilinadi. Boshqa toifadagi talabalar hech qanday sharoitda ko’chirilishi mumkin emas.