Rossiyaning ish qidirish va xodimlar yollash bo‘yicha mashhur platformasi Avito Work -foydalanuvchilarga yordam berish uchun o’zining A-Vibe til modelini qo’lladi. Bu orqali xodim bergan ma’lumotlar asosida rezyume yozib beradi. Asosiysi tizim taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va avtomatik ravishda tavsiflarni yaratadi.
Model nomzodning asosiy vazifalari va oldingi ish joylaridagi yutuqlarini hisobga oladi, ish beruvchilar uchun ma’lumot beruvchi va jozibali rezyumelarni yaratishga yordam beradi. Qolaversa, abituriyent tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda ariza ham yozib bera oladi.
Dmitriy Puchkov, Avito Works boshqaruvchi direktorining aytishicha, arizani to’ldirishda abituriyentlar «Matnni yaxshilash» opsiyasidan foydalanishlari mumkin. Ushbu funksiya bilan sun’iy intellekt kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va o’zgartiradi. A-Vibe xatolarni tuzatadi, talablarga muvofiq ma’lumotlarni to’ldiradi va tuzadi.
Kompaniya joriy yil oxirigacha sun’iy intellekt dasturlariga yangi imkoniyatlar qo’shmoqchi. Hozirgacha 20 ga yaqin yangi foydalanish senariylarini amalga oshirish rejalashtirilgan.