Ekologiya himoyachilari uchun tanlovlar

O’z ijodkorligingizdan olamimizni asrashda foydalaning!

«Urug‘lar eking» ijodiy tanlovi

«Urug‘lar eking» mavzusida xalqaro ijodiy tanlov eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022 yil 21 yanvar.

5 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun tanlov saytida ro‘yxatdan o‘tish, forma to‘ldirish va ijodiy ish suratini yuklash kerak.

Tanlovga «Urug‘lar eking» mavzusiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar (rasm, kompozitsiyalar va h.z.) qabul qilinadi. Qatnashchilar taqdim etilayotgan asarda ko‘kalamlashtirish, o‘rmonlarning qisqarishi va boshqa mavzularni tanlashi mumkin.

Ijodiy ishlar kategoriyalardan kelib chiqqan holda bir qator savollarga javob beradigan ingliz tilidagi esse (ko‘pi bilan 300 ta so‘z) bilan topshirilishi lozim. Masalan, 4-kategoriya uchun savollar quyidagicha:

– Tanlov mavzusidan kelib chiqqan holda asaringizda atrof-olam yoki uning elementlari qanday aks ettirilgan?

– Tanlov mavzusi Siz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

– Ushbu ishda uning mazmunini yoritib berishda nimalardan (element, uslub va h.z.) foydalandingiz?

– Nima deb o‘ylaysiz, odamlar Sizning ijodingizni ko‘rganda nima bo‘ladi?

G‘oliblar kategoriyalarga qarab pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Misol uchun, kattalar kategoriyasida g‘olib 1 500 dollar bilan taqdirlanadi, ikkinchi o‘rin sohibi esa 1 000 dollar. Ishlarning bir qismi faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. 

Tanlov tashkilotchisi – EarthX tashkiloti (AQSH).

Tanlov haqida batafsil maʼlumotni bu yerda olish mumkin. 

Ro Plastic Prize dizayn tanlovi

Ro Plastic Priza xaqaro dizayn tanlovi eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022 yil 20 yanvar.

Barcha xohlovchilar hech qanday cheklovlarsiz ishtirok etishi mumkin. Buning uchun tanlov saytida forma to‘ldirish va ijodiy ishning foto yoki videosini yuborish kerak.

Tanlovga chiqindilarni qayta ishlash yoki qayta foydalanish bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:

• Shahar va jamoat dizayni;

• Maʼrifiy ijtimoiy tarmoqlar;

• Innovatsion va texnologik loyihalar.

Loyihalar eskizlar, fotosuratlar, rasmlar, vizuallar, video yoki loyiha mazmunini yoritib  bera oladigan boshqa formatda taqdim etilishi lozim. Finalist sifatida tanlangan loyihalar, prototip sifatida namoyish etilishi kerak.

Har bir g‘olib 10 000 yevro miqdorida grant va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tashkilotchi – Rossana Orlandi galereyasi (Italiya).

Tanlov haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.