Fransiyada magistratura va aspirantura oʻqish uchun stipendiya eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 7-yanvar.
Stipendiya chet ellik talabalarga Fransiyada magistrlik va PhD darajasini olish imkonini taqdim etish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan. Eiffel scholarship taʼsischisi Fransiya xalqaro aloqalar vazirligi hisoblanadi.
Stipendiyani quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha olish mumkin:
· iqtisodiyot va menejment;
· muhandislik (magkstratura);
· fanlarni chuqurroq oʻrganish (aspirantura);
· huquq;
· siyosiy fanlar.
Dastur quyidagilarni taklif etadi:
· 1 200 yevro miqdorida oylik stipendiya va magistratura talabalarining boshqa xarajatlarini qoplash.
· 1 400 yevro miqdorida oylik stipendiya va magistratura talabalarining boshqa xarajatlarini qoplash.
Talablar:
· magistraturaga qabul qilingan talabalar 25 yoshdan katta boʻlmasligi kerak;
· aspiranturaga qabul qilingan talabalar 30 yoshdan katta boʻlmasligi kerak;
· ingliz tilini bilish (turli dasturlar uchun ingliz tilini bilish talabi turlicha).
Stipendiya toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni bu yerdan olishingiz mumkin.