Donald Tramp xalqaro talabalarga “yashil karta” bermoqchi

Donald Tramp AQSh universitetlarini tamomlagan xalqaro talabalarga yashil kartalarberishdan manfaatdorligini bildirdi. 

Payshanba kuni The All-In Podcast dasturida nutq so‘zlagan Tramp: 

“Men shu g‘oyani ilgari surishni xohlayman, siz kollejni bitirasizmi, menimcha, bu mamlakatda qolish uchun diplomingizning bir qismi sifatida avtomatik ravishda “yashil karta” olishingiz kerak”

Bu harakat nafaqat to‘rt yillik universitet bitiruvchilariga ham tegishli, dedi Tramp.

“Bunga kichik kollejlar ham kiradi. Har kim kollejni bitirish uchun u yerda ikki yoki to‘rt yil yashaydi. Agar kollejni tugatsangiz yoki doktorlik darajasini olsangiz, bu mamlakatda qolishingiz kerak”.

Tramp AQSH bitiruvchilarining ayrimlari qolish uchun viza ololmagani uchun mamlakatni tark etib, Xitoy yoki Hindistonda biznes boshlashayotganidan noroziligini bildirdi.

“Kompaniyalarni ishlatish uchun ko‘plab odamlar kerak va ular aqlli odamlar bo‘lishi kerak… Sizga zo‘r odamlar kerak va biz zo‘r odamlarni mamlakatda olib qolish tarafdorimiz. Siz ularni yollab, qolganlarni ushlab turishingiz kerak”.

Manba:https://www.independent.co.uk/news/world/americas/us-politics/trump-green-cards-us-universities-b2566737.html