Doktorantura uchun qabul 22-oktabrga qadar uzaytirildi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda.

Hujjatlarni 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilish belgilangan.

Talabgorlarga hujjat topshirishda qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil uchun oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshganligi, kvotalar tasdiqlanishi kechikkanligini hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi talabgorlar tomonidan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjatlar topshirish muddati joriy yilning 22-oktabriga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.