Sherzod Kudbiyev 2020-yil may oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Yangi lavozimga tayinlanishiga qaramasdan, u Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimida ishlashda davom etadi.
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut 2020-yil noyabr oyida tashkil etilgan boʻlib, Toshkent shahrida joylashgan.
Ushbu oliygohda soliq va moliyaviy nazorat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish amalga oshiriladi.