Dance Music Fest 2021 elektron musiqa festivali

22-yanvar kuni Toshkentda mashhur didjeylar ishtirokida Dance Music Fest boʻlib oʻtadi.

Dance Music Fest elektron musiqa festivali Toshkentda 2017-yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Bu raqsbop musiqalar boʻyicha respublika boʻylab yoshlar orasidagi yangi iqtidorlarni yuzaga chiqaruvchi mamlakatdagi yagona maydon hisoblanadi. 

DMFest 2017, 2018, 2019-yillarda oʻtkazilgan. 2021-yilda esa toʻliq bir oy davom etgan. Oʻtgan toʻrt festivalda jami 70 000ga yaqin kishi ishtirok etgan boʻlib, Oʻzbekiston, shuningdek, xorijlik 200dan ortiq musiqachi sahnada ijro etgan.

Joriy yilda festival ilk bor Humo Arena muz majmuasi hududida oʻtkaziladi va 10 000ga yaqin tomoshabinlarni toʻplaydi. Unda Minelli, Imanbek kabi yulduzlar, shuningdek, KMRN, DJ Sam, Trace, King Macarelladek mamlakatning eng zoʻr didjeylari qatnashadi.

Tadbir Art Uz Promotion Agency va Coca-Cola Uzbekistan kompaniyalari hamkorligida tashkillashtirilmoqda. Chipta narxi: 80 000 soʻmdan.