Chet tili bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

Ijodiy imtihon natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilindi, imtihonda qatnashgan abituriyentlar o‘z natijalarini shaxsiy kabineti (abituriyentning ro‘yxatga olish varaqasi tepasida) orqali bilib olishlari mumkin.

Natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 2022-yilning 4-6 avgustigacha ariza topshirishlari kerak. Apellyatsiyani my.dtm.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.