Chennay shahrida o‘tkazilgan xalqaro shaxmat olimpiadasida o‘zbekistonliklar g‘olib bo‘ldi

Final bosqichida respublika erkaklar terma jamoasi Gollandiyani mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarga 600 million so‘mgacha, ularning murabbiylariga esa 300 million so‘mgacha bir martalik mukofot puli tayinlanishi mumkin.

Xalqaro grossmeyster sport unvoniga sazovor bo‘lgan shaxmatchilarga ham 30 million so‘mdan mukofot puli beriladi.