CERN qisqa muddatli stajirovkasi

Shveysariyada stajirovka dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn belgilanmagan.

CERN Internship – bu chet elda ish haqi toʻlanadigan stajirovka dasturi.

Stajirovka muddati 6 oygacha davom etadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Har oy 1 500 Shveysariya franki miqdorida stipendiya.

Talablar:

·       Bakalavr kunduzgi dasturining 18 yoshdan katta talabasi;

·       Asosiy taʼlim yoʻnalishlari: amaliy fizika, matematika, elektronika, elektr, mashinasozlik yoki qurilish kabi sohalar;

·       CERNda ishlash taʼlimning majburiy yoki taklif etilgan qismi boʻlishi kerak;

·       Stajirovkani yakunlagach, oʻz oʻqishiga qaytish;

·       Ingliz yoki fransuz tilini aʼlo darajada bilish. 

Ushbu stajirovkaga yil davomida ariza topshirish mumkin.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.