Buyuk Britaniyadagi John Ihnes Centre yozgi maktabi

Buyuk Britaniyada chet ellik talabalar uchun tadqiqot dasturi. Dedlayn — 2022-yil 17-yanvar.

John Ihnes Centre yozgi maktabi – bu dunyoning turli chekkalaridan boʻlgan bakalavr talabalari uchun tadqiqot markazida 8 hafta oʻtkazish noyob imkoniyati.

Talabalar botanika va mikrobiologiya sohalarida dunyoning ilgʻor olimlari bilan birgalikda amaliy tajribaga ega bo’lishlari mumkin.

Dastur davomiyligi 8 haftani tashkil etadi, iyul va avgust oylarida davom etadi. Har bir talaba o’z tadqiqot loyihasi ustida murabbiy rahbarligida ish olib boradi va dastur so’ngida yozma hisobot va og’zaki taqdimot o’tkazilishi kerak. Shuningdek, har bir talaba uchrashuvlar, seminarlar va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

•  haftalik 250 funt sterling;

•  bepul turar-joy;

•  taʼlim, tadqiqot, seminarlar va ijtimoiy tadbirlar;

•  jahon darajasidagi laboratoriyada ishlash va tadqiqot o‘tkazish imkoniyati;

•  mikrobiologiya, hujayra biologiyasi, biokimyo, kimyo, genetika, molekulyar biologiya, hisoblash va matematik biologiya kabi biologik va kimyo fanlari boʻyicha yetakchi ilmiy-tadqiqot institutida ish tajribasiga ega boʻlish imkoniyati.

Talablar:

•  Dunyo boʻylab barcha universitet va oʻquv muassasalari talabalari ariza topshirishlari mumkin. Talabalar fizika, tabiiy fanlar, kimyo, matematika, biologiya, biotibbiyot fanlardan birini oʻqishi kerak;

•  birinchi kurs talabalari, magistratura va aspirantura talabalaridan arizalar qabul qilinmaydi;

•  ingliz tilini mukammal bilish talab etiladi. 

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.