Buxorolik 6-sinf o’quvchisi IELTS’dan 7.0 ball oldi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi, 2011-
yilda tug’ilgan Sabrina Nurullayeva IELTS’dan 7.0 ball oldi.

Sabrina o’tgan yili Prezident maktabiga o’qishga
topshirgan, imtihonlardan yaxshi natija olgan, ammo
maktabga 24 kishi qabul qilingan, u esa 25-o’rinni
qayd etib, maktabga kira olmagan.

Shundan so’ng u bir yil davomida astoydil ingliz tili o’qib,
IELTS imtihonlariga tayyorlanadi va joriy yil avgust oyida 7.0
ballni qo’lga kiritadi.