Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi rasman o‘z faoliyatini boshladi

Мazkur bino qurilishiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil mart oyida Buxoro viloyatiga qilgan safari davomida berilgan topshiriqlari dasturulamal bo‘ldi.

Mazkur kampus 10,5 ga maydonda xalqaro standartlar darajasida qurilib, unda 900 o‘rinli o‘quv bino, 1 200 o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli oshxona, sport sog‘lomlashtirish majmuasi, alohida vivariya binosi va 200 o‘rinli klinika joylashgan.

Ma’lumot o‘rnida, Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yilda tashkil topgan. Hozirda institutda 8 ta fakultet va 42 ta kafedra, 12 ta bakalavriat hamda 24 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kelgusi o‘quv yilidan yana 2 ta yangi fakultet, 3 ta kafedra, 1 ta bakalavriat va 6 ta magistratura yo‘nalishida mutaxassislik ochilishi ko‘zda tutilgan.