BuxDUga elektr stansiyalari o’rnatildi

Buxoro davlat universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o’rnatish bo’yicha “Sun Hightech” korxonasi tomonidan 1.060 mlrd soʻm qiymatda quvvati100 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari oʻrnatilib, ishga tushirildi. 

Bugungi kunda quyosh panellari o‘rtacha 85 kVt quvvat bilan ishlamoqda va u kuniga 680 kVt/soatni  tashkil etayapti. Bir yillik elektr energiya ishlab chiqarish kamida 244,8 ming  kVt/soatni tashkil etishi kutilmoqda. Buning natijasida ushbu qurilma orqali universitetning yillik elektr energiyasi sarfidan 195,8 mln soʻm mablagʻ tejab qolinadi.