Bucharest Summer University: Ruminiyada barcha bosqich talabalari uchun 2 haftalik yozgi maktab

Bu yilgi yozgi maktabning mavzusi – Fintech: moliyaviy xizmatlardagi muammolar. Yozgi maktab 2022-yil 14–28-avgust kunlari (ingliz tilida) bo‘lib o‘tadi. Yozgi maktabda ta’lim olish uchun to’liq yoki qisman grantlar taklif etiladi.

Siz ham o’z mablag’ingiz hisobidan ishtirok etishingiz mumkin. 40dan ortiq munosib ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
– Turar joy
– Kun davomida 3 mahal ovqatlanish
– Aeroportdan oliygoh manziliga va orqaga transport
– Hafta oxirida ekskursiya sayohati
– Kurslar va qo’shimcha darslar

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.  https://www.ase.ro/index_en.asp