Bu yilgi abituriyentlarning taxminiy soni maʼlum boʻldi

2022–2023-o‘quv yilida bir milliondan ortiq abituriyent kirish imtihonlarini topshirishi kutilmoqda.

Abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan imtihon topshirish uchun 94 ta katta sig‘imli pavilon hamda 53 ta stadion va xiyobonlar tanlab olindi.