Bu yil O’zbekistonda yana uchta Rossiya universitetining filiallari ochiladi

Bu Rossiya davlat gumanitar universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti va Shimoliy Kavkaz federal universiteti.

Bu haqda Rossiyaning O’zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Toshkentdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublikada Rossiya universitetlarining 14 filiali faoliyat ko’rsatmoqda.