Bu haftada qayerga borish mumkin?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

•  Parus Bowling’da chegirmalar

Parus Bowling talabalik guvohnomasini taqdim etgan barcha talabalarga 10% miqdorida chegirma taqdim etadi. Aksiya 18-noyabrdan 15-dekabrgacha 10:00 – 18:00 oralig’ida ish kunlarida amal qiladi.

•  «O‘zbekiston solistlari» kamera orkestrining konserti

25-noyabr kuni 18:30da Konservatoriyaning Katta zalida «O‘zbekiston solistlari» kamera orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Dasturda avstriyalik bastakor Jozef Gaydnning violonchel va skripka ishtirokidagi do-major, re-major va sol-major yoʻnalishlaridagi asarlari oʻrin olgan. Chipta narxi: 60 000 so’m. 

•  Alisher Navoiy nomidagi DAKTda «Rigoletto» operasi

Alisher Navoiy nomidagi DAKT sahnasida 25-noyabr kuni soat 18:00da «Rigoletto» operasi namoyish etiladi. Seul konsert orkestri dirijyori No Te Chol ijrosidagi qator mashhur ariyalar va asarlardan tashkil topgan ushbu spektakl opera san’ati ixlosmandlarida o‘chmas taassurot qoldirishi aniq. Chipta narxi: 20 000 – 55 000 so’m.

Rivojlanish:

•  Ronald Klyayer shaxsiy ko’rgazmasi

«Ilhom» teatrida 23-noyabrdan 20-dekabrgacha gollandiyalik rassom Ronald Klyayerning shaxsiy ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ushbu rassomning ilhom manbasi insonlar va oddiy insonning hayoti va faoliyati bilan bog’liq har qanday jihat hisoblanadi. Ochilish 17:30da bo’lib o’tadi. Kirish bepul.

•  Python-dasturchisi kasbi to’g’risida bepul ma’ruzalar 

Proweb o‘quv markazi 30-noyabrgacha hafta davomida soat 10:00dan 19:30gacha oflayn va onlayn formatlarda raqamli kasblar bo‘yicha rus va o‘zbek tillarida bepul ma’ruzalar o‘tkazadi.

•  Klassik «Aqllar jangi»

Guten’da 23-noyabr kuni 19:00da klassik «Aqllar jangi» bo’lib o’tadi. Ishtirok etish uchun 2-8 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. Har biri kishi uchun 45 000 so’mdan to’lov qilinishi lozim.

•  Verner Xertsog filmlarining retrospektiv namoyishi 

22-sentyabrdan 24-sentyabrgacha Gyote institutida nemis kinorejissyori Verner Xertsogning filmlari namoyish etiladi. U asosiy qismi hujjatli filmlardan iborat bo’lgan 40dan ortiq filmlar suratga olgan bo’lib, o’nlab asarlar yozgan. Tomoshabinlar e’tiboriga nemis va ingliz tillarida rus tillaridagi subtitrlar bilan 11 ta film taqdim etiladi. Boshlanish vaqti: 18:30. Kirish bepul.

•  «Masterskaya»da ijodiy master-klasslar

13 – 28-noyabr kunlari Masterskaya art-hududida kulolchilik, akril va siyoh bilan boʻyash, multiplikatsiya, pop-art illyustratsiyalar, shopperlar, svitshotlar yoki jinsi materialiga surat chizish va boshqa yo’nalishlar boʻyicha ijodiy master-klasslar boʻlib oʻtadi. Narxi har bir dars uchun 150 000 – 350 000 so‘m.

Barchaga unumli hafta tilaymiz.