Bu haftada qayerga borish mumkin?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

• Hilton mehmonxonasida Yangi yil disko bali

Hilton Tashkent City 20-dekabr 19:00da Davlat xor kapellasi vokal ansambli va Milliy estrada simfonik orkestri «Yangi yil diskotekasi»ni o‘tkazadi.  Konsert dasturida Yangi yil qoʻshiqlari, Leningrad, ModernTalking, Boney M qoʻshiqlari, filmlar qo’shiqlaridan poppuri va kabilar kiradi. Chipta narxi: 200 000 soʻm.

• Planetariumda Yangi yil chiqishlari

Planetariumda Yangi yil tomoshalari 2021-yil 20-dekabrdan 2022-yil 5-yanvargacha boʻlib oʻtadi.  Tashrif buyuruvchilar uchun Astronom, Qor bobo, Qorqiz va boshqa yangi yil qahramonlari animatorlari ishtirokidagi shou, shuningdek, qiziqarli o‘yinlar va tanlovlar tayyorlangan.  Spektakllarning boshlanish vaqti: 11:00, 13:00, 15:00.  Chipta narxi: 35 000 soʻm.

Yangi Oʻzbekiston bogʻida Yangi yil archasi

2021-yil 20-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘ida bayram tomoshalari oʻtkaziladi. Har kuni soat 10:00dan 22:00gacha mehmonlarga musiqa, teatrlashtirilgan tomoshalar, illyuzionistlar chiqishlari, filarmoniya va estrada yulduzlarining chiqishlari, sirk, multfilmlar, QVZ, raqs shoulari, DJ bilan diskoteka taklif etiladi.

Samarqand Darvozadan Yangi yil dasturi

Samarqand Darvoza savdo markazida 18-dekabrdan 3-yanvarga qadar har kuni soat 18:00da Yangi yil bayram dasturi boʻlib oʻtadi. Tashkilotchilar Qor bobo va elflardan interaktiv oʻyinlar, tanlovlar, musiqa, Yangi yil bezaklari, sovgʻalar va surprizlar vaʼda qilmoqda. Kirish bepul.

Talabalar orkestri konserti

21-dekabr kuni soat 18:30da O‘zbekiston davlat konservatoriyasida talabalar orkestri konserti bo‘lib o‘tadi. Dasturda Stiven Reyneke, Gustav Xolst, Jeyms Karnou va Oskar Boem musiqalari bor. Chipta narxi: 20 000 soʻm.

• «Oqqush koʻli» va «Qarsildoq» baletlari

21–22 dekabr kunlari soat 19:00da Xalqlar do‘stligi saroyida tomoshabinlar eʼtiboriga «Rus baleti» Moskva davlat akademik teatri artistlari ijrosida butun dunyoga mashhur Chaykovskiyning yangi yil asari taqdim etiladi. Chipta narxi: 70 000 soʻmdan boshlanadi.

Silk Route Marionettes qo‘g‘irchoq teatrida Yangi yil spektakllari

Silk Route Marionettes qoʻgʻirchoq teatri Sizni «Gans va Gretel» ertakining Yangi yil tomoshasiga taklif qiladi.  Dastur Qor bobo, Elflar va Grinch bilan spektaklni oʻz ichiga oladi. Spektakllar 12:30, 14:30 va 16:30da boshlanadi.  Chipta narxi: qatorga qarab 50 000, 70 000 va 100 000 soʻm.

Compass savdo markazida handmade yarmarkasi

Dekabr oyi davomida har shanba va yakshanba kunlari Compass savdo markazida hunarmandchilik koʻrgazmalari o’tkaziladi. Mehmonlar handmade sovgʻalarni sotib olishlari mumkin. Kirish bepul.

Yoshlar ijod saroyida yangi yil karnavali

Yoshlar ijodiyoti saroyida 25-dekabr soat 14:00da Art Way studiyasining «Yangi yil karnavali» nomli myuzikli bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar ikki tilda yulduzlar ishtirokidagi dastur hamda tashkilotchilarning yangi yil sovgʻalaridan bahramand boʻlishlari mumkin. Chipta narxi: 65 000 so‘m (markaziy sektor uchun).

Restoranlarda Yangi yil korporativi

Gosty

Restoran sizni 20–30-dekabr kunlari Yangi yil korporativ kechalariga taklif qiladi. Dasturga: Matin guruhi, Navro’z raqs guruhi, DJ Frost, Qor bobo va Qor qizdan tanlovlar va sovrinli oʻyinlar kiritilgan. Narxi: bir kishi uchun 500 000, 600 000, 700 000 soʻm.

Baden

Restoranda 20–30-dekabr kunlari Yangi yil kechalari oʻtkazilmoqda. Dasturga quyidagilar kiradi: DJ, musiqachilar, shou-dastur, lotereyalar va sovrinlar, Qor bobo va Qor qiz, shuningdek, Milliy Bandʼdan jonli ijro va shoular, MC Grigoriy va DJ Crush tanlovlari. Narxi: bir kishi uchun 300 000 so‘m.

Bourbon

Restoran barchani 20–30-dekabrgacha oʻtkaziladigan Yangi yil kechasiga taklif qiladi. Dasturga jonli musiqa, DJ va boshlovchi   kiritilgan. Vaqti: 19:00–03:00. Narxi: bir kishi uchun 500 000 so‘m.

Velvet

Restoranda 20–30-dekabrda bayram oqshomlari tashkil etiladi.

Dasturga quyidagilar kiradi: Yangi yil bezaklari, foto zonalar, shoular, Qor bobo va Qor qizdan  tanlovlar va sovrinlar, Prime band jamoasidan jonli musiqasi, DJ Deeplexʼdan raqslar va MC Black yumori. Narxi: bir kishi uchun 700 000 soʻmdan 1 080 000 soʻmgacha.

Panaramʼs 

Restoran 20–30-dekabrgacha Willy Wonka uslubida korporativ tadbirlarni tashkil qiladi.  Dasturga quyidagilar kiradi: Fun Trip Band, Cosa Nostra Band, DJ Zoff, Adam Showman, Energy Show, Qor bobo, qimmatbaho sovg’alar va sovrinlar. Narxi: bir kishi uchun 500 000, 600 000 va 700 000 so‘m.

Pasado

Restoranda 20–30-dekabr kunlari bayram kechalari o’tkaziladi. Dasturda boshlovchi, musiqa va Yangi yil menyusi mavjud. Narxi tanlangan menyuga bogʻliq.

Heavenʼs Garden

Restoran Sizni 20–30-dekabrda Yangi yil korporativ kechalariga taklif qiladi. Dasturdan Qor bobo va Qor qiz, boshlovchi va DJ DMC Rinoning musiqalari, sovgʻalar va sovrinli oʻyinlar hamda Malikʼning jonli ijrosi oʻrin olgan. Narxi: bir kishi uchun 400 000, 500 000 va 600 000 so’m.

Queens

Restoranda 20–30-dekabrgacha Yangi yil kechasi bo’lib o’tadi.  Dastur: Milan band, Cosa Nostra, Kvartet Bravo, DJ Gera, DJ Greyss, Mc Yan, animatorlar Qor bobo va Qor malikasi, Icon Performance, Acrobatic Tiger va turli tanlovlar. Narxi: bir kishi uchun 500 000 so’mdan 1 000 000 so’mgacha.

Na nebe

Restoran barchani 21–30-dekabrkunlari retro uslubdagi yangi yil kechasiga taklif qiladi. Dasturda Na Nebe bayram dasturi, Qor bobo va Qor qiz, boshlovchi Magometali Idoyatov, DJ Sam, foto zona va qimmatbaho sovg‘alar. Narxi: sanaga qarab bir kishi uchun 600 000 so’mdan 700 000 so’mgacha.

Prestige

Restoranda 23–30-dekabr kunlari bayram oqshomlari tashkil etiladi. Dasturga quyidagilar kiradi: jonli ijro, boshlovchilar bilan shou dasturi, Qor bobo va Qor qiz hamda sovg’alar. Narxi: bir kishi uchun 500 000 so‘m.

Rivojlanish:

• Tashkent City bogʻida master-klasslar

18–26-dekabr kunlari Yangi yil yarmarkasi doirasida Tashkent City istirohat bog’ida master-klasslar bo’lib o’tadi.  Ishtirokchilar yangi yil pechenyelarini bezashni, epoksi smola bilan bo’yashni, slaym tayyorlashni, yangi yil kompozitsiyasi, qor parchalarini bo’yashni, yangi yil bayrami uchun oʻyinchoq yasashni, kulolchilikni oʻrganadilar, shuningdek, DLUX raqs studiyasidan marafonida ishtirok etadilar. Kirish bepul.  Ayrim mahorat darslarining narxi 10 000 so‘mdan 30 000 so‘mgacha.

Bella Napoliʼda slaym tayyorlash boʻyicha mashgʻulotlar

Bella Napoli restoranida 20–21-dekabrda soat 16:00da animator elflar va bepul pitsa bilan slaym bo’yicha seminarlar o’tkaziladi. Ishtirok etish narxi: 50 000 so‘m.

«Aqllar jangi: Tuts-tuts quiz» oʻyini

20-dekabr kuni Restobar Aurada «Aqllar jangi: Tuts-tuts quiz» o’yini bo’lib o’tadi. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoani to’plashingiz, unga nom berishingiz va ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Bir kishi uchun ishtirok etish to‘lovi: 45 000 so‘m.

Barchaga unumli hafta tilaymiz.