Bu haftada qayerga borish mumkin?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

• Konservatoriyada Yangi yil konserti

13- dekabr 18:30da Davlat Konservatoriyasining Katta zalida dirijyor Kamoliddin Azimov boshchiligidagitalabalar xalq cholg‘u asboblari orkestri hamda Ruslan Jabarov boshchiligidagi Musiqali teatr studiyasi xori ijrosida Yangi yil konserti bo‘lib o‘tadi. Dasturda Jinge Bell Rock Arr. Sky Recon, Yangi yil valsi, Abba. Happy new year kabi mashhur musiqiy asarlar o‘rin olgan. Chipta narxi: 20 000 so‘m.

• Restoranlarda yangi yil korporativi

Level

Restoran 13—30-dekabr kunlari o‘tkaziladigan Yangi yil kechalariga barchani taklif etadi. Mehmonlarni Bayram Navo Production’dan shou dasтuri va qiziqarli tanlovlar kutmoqda. Boshlovchi –Garri Janiyans, Mona band’dan jonli musiqa, DJ Tima Turbin’dan raqsbop taronalar. 10 kishi uchun narxi: 2490 000 –6 490 000 so‘m.

Fabis

14—30-dekabr kunlari restoranda Yangi yil kechalari o‘tkaziladi. Dasturdan Qor bobo va Qor qiz, Milan band, Fun Trip band, Dimash band, Shafran band, Prime band, DJ Bajjo va SatiRa o‘rin olgan. Boshlovchilar – Max Berlinov, Temurlan, Rustam Mamedov va MC Marco.Bir kishi uchun narxi: standart – 450 000, lyuks – 600 000, premium – 700 000 so‘m.

Compliment

Restoran 15—30-dekabr kunlari o‘tkaziladigan Yangi yil kechalariga barchani taklif etadi. Mehmonlarga to‘rt xil narx kategoriyasidagi: 10 kishi uchun 3 000 000 – 5 550 000 so‘mlik menyu taklif etiladi.

Скандалистъ

15—30-dekabr kunlari restoranda bayram kechalari uyushtiriladi. Dasturdan Vasilina Dar chiqishlari, DJ Zeman’dan musiqa, Stephan Kudryavtsev’dan shou o‘rin olgan. Narxi: bir kishi uchun 60 dollar.

Семь Пятниц

17—30-dekabr kunlari bar Yangi yil oldi korporativlarini uyushtiradi. Mehmonlar uchun VIA Xalif, DJ Samwell ijro etadi, Double Touch by Zlotnikov shou dasturi hamda Qor bobo va Qor qiztaklif etilgan. Narxi: bir kishi uchun 500 000 so‘mdan.

Дикарём

17—30-dekabr kunlari restoranda bayram kechalari uyushtiriladi. Dasturga didjey, Qor bobo va Qor qizsovg‘alari kiritilgan. Narxi: bir kishi uchun hafta davomida – 400 000 so‘m, dam olish kunlari – 450 000 so‘m.

Dudek

Restoran 17—30-dekabr kunlari o‘tkaziladigan Yangi yil korporativlariga taklif etadi. Mehmonlarni Angels Show ishtirokidagi shou-dasturi, Qor bobo va Qor qizdan tanlovlar, SAN JAY, DJ Still ijrolari kutmoqda, boshlovchi – MC Sancho. Narxi: bir kishi uchun 600000, 800 000 va 1 mln so‘m.

Santini

17—30-dekabr kunlari restoranda Yangi yil kechalari uyushtiriladi. Dasturdan jonli ijro va taklif etilgan didjey o‘rin olgan. Narxi: bir kishi uchun 380 000 so‘m. 

Dayako Restobar

17—30-dekabr kunlari restobar barchani Yangi yil bayramiga taklif etadi. Mehmonlarga DJ Bolo va DJ N.E.D.O.G.A.D.O.V musiqalari, boshlovchi MC Kira’dan tanlov va sovrinlar, kubalik xonanda –Aliannys musiqalari. Narxi: bir kishi uchun 350 000 – 550 000 so‘m. 

Belle Maman

17—30-dekabr kunlari restoranda bayram kechalari uyushtiriladi. Dasturdan jonli ijro, didjey, Qor bobo va Qor qiz o‘rin olgan. Narxi: bir kishi uchun 500 000 so‘m.

Jbrothers

17—30-dekabr kunlari restoran mashhur «Uyda yolg‘iz» filmi mavzusiga bag‘ishlangan korporativ bayramlarini uyushtirmoqda. Mehmonlar uchun Retro Band, DJ Brothers, Intrend Show, MC Jama & Miss Mary ijro etadi, Qor bobo tomonidan tanlov va uyushtiriladi. Narxi: bir kishi uchun 400 000 – 600 000 so‘m.

Renaissance

17—30-dekabr kunlari restoranda bayram kechalari uyushtiriladi. Dasturda boshlovchilar Vladimir Yugay, Apocalypse, Temurlan; Intrend, Intrend Romantic band’dan musiqa, quvnoq o‘yinlar, bayramona fotosessiya, yorqin shou, Qor bobo va Qor qizdan bayram sovg‘alari. Narxi: bir kishi uchun 400 000 -450 000 so‘m.

• «Qizil gul» muz ustida myuzikl

18-dekabr 19:00da Humo Arena muz saroyida rossiyalik chempion Tatyana Navkaning loyihasi «Qizil gul» muz ustida myuzikli namoyish etiladi. Bosh rolda – Rossiya olimpiada chempioni Alina Zagitova.Shuningdek, shou dasturida boshqa olimpiada vaxalqaro sovrindorlar qatnashadilar. Chipta narxi: 150000 so‘mdan boshlanadi.

• «Mo‘jizalar fasli» bayram xayriya konserti

«O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyida «Mo‘jizalar fasli» bayram xayriya konserti bo‘lib o‘tadi. Jonli ijrodagi orkestr kompozitsiyalari kech dasturidan o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 150 000 – 950 000 so‘m. 

Rivojlanish:

• An’anaviy «Aqllar jangi»

Restobar Aura’da 14-dekabr 19:00da an’anaviy «Aqllar jangi» bo‘lib o‘tadi. Bu safar ishtirokchilarni o‘zgartirilgan o‘yin konsepsiyasi, musiqiy uchinchi tur, mexanikaga oid to‘rtinchi tur va boshqalar kutmoqda. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa yigʻish, unga nom qoʻyish va roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Bir kishi uchun ishtirok narxi 45 000 soʻm.

• Morozart’da ijodiy master-klasslar

Morozart studiyasida 3–26-dekabr kunlari bir qator ijodiy master-klasslar boʻlib oʻtadi. Tashkilotchilar rassomchilikning turli usullarini Yangi yil mavzusida oʻrganishni taklif etadi. Narxi: har bir kurs uchun 100 000 – 400 000 soʻm.

• «Masterskaya»da ijodiy master-klasslar

Masterskaya art-makonida 4–26-dekabr kunlari Yangiyil mavzusiga bagʻishlangan ijodiy master-klasslar oʻtkaziladi. Har bir mashgʻulot uchun 150 000 – 350 000 soʻmni tashkil etadi.

Barchaga unumli hafta tilaymiz.