Bu haftada qayerga borish mumkin?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

 • «Seshanba kuni kinobayram» aksiyasi

Kinoteatrlarda aksiya boʻlib oʻtmoqda – seshanba kuni 15:00gacha seanslar uchun chipta narxi 16 000 soʻm, 15:00dan keyin esa 24 000 soʻm. Aksiya Compass (VIP-zaldan tashqari), Drive, Asia, Mega, Royal kinoteatrlarida amal qiladi.

 • Tashkent Cityʼda Yangi yil yarmarkasi

Tashkent City parkida Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Shef-oshpazlar, barmenlar shoulari, estrada yulduzlari konserti, sirk va akrobat namoyishlari, Amerika, Yevropa, Osiyo, milliy va jahon oshxonalari kunlari dasturdan oʻrin olgan. Kirish bepul.

 • Autograph art-galereyasida qoʻl mehnati yarmarkasi

Autograph art-galereyasida «Teplo-market» qoʻl mehnati yarmarkasi oʻtkaziladi. Tashrif buyuruvchilar bezak elementlari, musiqiy asboblar, aksessuarlar, zargarlik buyumlari, soatlar, sovun va sharchalar xarid qilishi mumkin. Oʻtkazilish vaqti: 11:00dan 19:00gacha. Kirish bepul.

Rivojlanish:

 • «Kviz, pliz: Kino va musiqa» oʻyini

Restobar Auraʼda «Kviz, pliz: Kino va musiqa» intellektual-koʻngilochar oʻyini tashkil etiladi. Ishtirokchilarni kino va musiqaga oid savollar kutmoqda.

Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa yigʻish, unga nom qoʻyish va roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Bir kishi uchun ishtirok narxi 40 000 soʻm.

 • Morozartʼda ijodiy master-klasslar

Morozart studiyasida 3–26-dekabr kunlari bir qator ijodiy master-klasslar boʻlib oʻtadi. Tashkilotchilar rassomchilikning turli usullarini Yangi yil mavzusida oʻrganishni taklif etadi. Narxi: har bir kurs uchun 100 000 – 400 000 soʻm.

 • Masterskayaʼda ijodiy master-klasslar

Masterskaya art-makonida 4–26-dekabr kunlari Yangi yil mavzusiga bagʻishlangan ijodiy master-klasslar oʻtkaziladi. Har bir mashgʻulot uchun 150 000 – 350 000 soʻmni tashkil etadi.

Barchaga unumli hafta tilaymiz!