Bu hafta qayerga borgan maʼqul

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

• Bayram yarmarkalari

Anhor Park Mallʼda «Sharq bozori» koʻrgazma-yarmarkasi

Anhor Park Mallʼda 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 9-yanvarga qadar «Sharq bozori» koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkaziladi. Koʻrgazmada oʻzbek milliy buyumlari, uy va interyer jihozlari, kosmetika vositalari, zargarlik buyumlari, suvenirlar, sovgʻalar, oʻyinchoqlar va aksessuarlar kabi koʻplab buyumlar boʻladi. Kirish bepul.

Brodveyda hunarmandchilik yarmarkasi

2021-yil 29-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha Brodveyda Broadway Craft Bazar – 2021 hunarmandchilik yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Kirish bepul.

Central parkʼda «Teplo-market»

2021-yil 29-dekabrdan 2022-yil 3-yanvarga qadar 16:00da «Teplo-market» qoʻl mehnati buyumlari yarmarkasi tashkil etiladi. Oʻtkazilish vaqti: 16:00 – 22:00. Kirish bepul.

Compass savdo markazida handmade yarmarkasi

Compass savdo markazida dekabrdan 3-yanvarga qadar har shanba va yakshanba kunlari hunarmandchilik yarmarkasi oʻtkaziladi. Tashrif buyuruvchilar qoʻl mehnati buyumlarini sovgʻa sifatida xarid qilishlari mumkin. Yarmarkada yogʻoch, toʻqimachilik, charm buyumlar, turli aksessuarlar, tabiiy toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, toʻqilgan buyumlar, rasmlar, soʻzana, dekupaj, milliy taqinchoqlar, qoʻlda yasalgan sovun va magnitlar, oshxona anjomlari, soyalar teatri namoyish etiladi. Kirish bepul.

• Yoshlar teatrida «Morozko» Yangi yil spektakli

2–9-yanvar kunlari Oʻzbekiston Yoshlar teatrida «Morozko» Yangi yil spektakli namoyish etiladi. Tomoshabinlar eʼtiboriga ezgulik, muhabbat va gʻamxoʻrlik haqidagi oilaviy ertak taqdim etiladi. Boshlanish vaqti: 11:00 va 13:00. Chipta narxi: 35 000 – 38 500 soʻm.

• Nikulin sirki muz shousi

Moskva muz sirki Rangli bulvardagi Nikulin Moskva sirkining rasmiy truppasi hisoblanadi. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nataliya Abramova unga rahbarlik qiladi. Bayramona Yangi yil shousi Humo Arena muz saroyida 6–8-yanvar kunlari 12:00, 15:00 va 18:00da boʻlib oʻtadi. Chipta narxi: 50 000 soʻmdan.

Rivojlanish:

• «Kviz, pliz: Hello 2022» oʻyini

Restobar Aura’da 3-yanvar kuni 19:00da «Kviz, pliz: Hello 2022» intellektual-koʻngilochar oʻyini oʻtkaziladi. Oʻyinchilarni bayramona savollar kutadi. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va roʻyxatdan oʻtish kerak. Bir kishi uchun ishtirok narxi: 40 000 soʻm.

«Yangi yil aqllar jangi» oʻyini

Restobar Aura’da 4-yanvar kuni «Yangi yil aqllar jangi» intellektual jangi boʻlib oʻtadi. Oʻyinchilarni bayramona oʻyin kutmoqda. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va roʻyxatdan oʻtish kerak. Bir kishi uchun ishtirok narxi: 45 000 soʻm.

Dijital kasblar boʻyicha bepul ma’ruzalar

Proweb oʻquv markazida kasblar toʻgʻrisida bepul ma’ruzalar oʻtkaziladi:

− Video montajor: 7−21-yanvar kunlari soat 17:30dan 19:30gacha oʻzbek va rus tillarida onlayn va oflayn formatda oʻtkaziladi. Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

− Python−dasturchi: 23-yanvargacha 10:30dan 19:30gacha oʻzbek va rus tillarida onlayn va oflayn formatda oʻtkaziladi. Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

− Dizayner: 19-yanvargacha 10:30dan 19:30gacha oʻzbek va rus tillarida onlayn va oflayn formatda oʻtkaziladi. Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

− Veb-dasturchi: 23-yanvargacha 10:30dan 19:30gacha oʻzbek va rus tillarida onlayn va oflayn formatda oʻtkaziladi. Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

Barchaga unumli hafta tilaymiz.