Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.
Dam olish:
• Davlat simfonik orkestrining xor konserti
3-fevral 18:30da Davlat konservatoriyasining katta zalida Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining xor konserti boʻlib oʻtadi. Tinglovchilarni dunyo mamlakatlari – Yaponiya, Afrika, Belorussiya, Fransiya, Italiya va boshqalar boʻylab sayohat qilish imkonini beradigan musiqiy dastur kutmoqda. Chipta narxi: 30 000 – 50 000 soʻm.
• DAKTda balet kechasi
Alisher Navoiy nomidagi DAKTda 3-fevral 18:00da «Balet kechasi» oʻtkaziladi. Tomoshabinlar eʼtiboriga «Qarsildoq», «Korsar», «Jizel», «Don Kixot», «Xumo», «Shahrizoda» spektakllaridan mumtoz xoreografiya va zamonaviy postanovkalardan xoreografik parchalar taqdim etiladi. Chipta narxi: 33 000 – 110 000 soʻm.
• «Qarsildoq» baleti
5-fevral 18:00da Alisher Navoiy nomidagi DAKT sahnasida «Qarsildoq» baleti namoyish etiladi. Tomoshabinlar sevimli ertaklari olamiga shoʻngʻishi va balet shousidan bahramand boʻlishlari mumkin. Chipta narxi: 33 000 – 110 000 soʻm.
Rivojlanish:
• Tematik «Aqllar jangi: Tuts-tuts Quiz»
Guten Pubʼda «Aqllar jangi: Tuts-tuts Quiz» oʻyini tashkil etiladi. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Narxi: 45 000 soʻm.
• Masterskayaʼda ijodiy master-klasslar
Masterskaya art-makonida 5–27-fevral kunlari ijodiy master-klasslar oʻtkaziladi. Ishtirokchilar kulolchilik, likopchalarni boʻyash, tilla rang bilan kartinalar yaratish, shuningdek, shopperlar va kiyimlarga surat tushirishni oʻrganadilar. Ishtirok etish narxi: 170 000 – 350 000 soʻm.