Bo‘lajak moliyachilar uchun Markaziy bank tomonidan master-klasslar oʻtkaziladi

12–15-aprel kunlari yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan master-klasslar o‘tkaziladi.

«Global Money Week 2022» doirasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari, sug‘urta va fintex kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Jadval:

12-aprel – Andijon, Navoiy, Jizzax;

13-aprel – Farg‘ona, Urganch, Samarqand va Buxoro;

14-aprel – Namangan, Guliston, Qarshi va Nukus;

15-aprel – Nurafshon, Termiz va Toshkent.