Bo‘lajak huquqshunoslar amaliyotni universitetda o‘taydilar

Ushbu maqsadda Termiz davlat universitetining Yuridik fakulteti binosida “Sud amaliyoti” xonasi ochildi. 

Marosimda universitet rektori, Surxondaryo viloyat prokurori o‘rinbosari, viloyat sudi raisi, Adliya boshqarmasi boshlig‘i, ichki ishlar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Aytish kerakki ushbu amaliyot xonasining ochilishi talabalar uchun ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashida muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumot uchun, hozirda fakultetda 25 nafar professor-o‘qituvchi 337 nafar talabaga soha bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda.