Bitiruvchilar uchun dronlar shousi tashkil etiladi

Soʻnggi qoʻngʻiroq nafaqat oʻquvchilar uchun qolaversa talabalar uchun ham intiqib kutilgan bayram.
Joriy yilda bu sana munosabati bilan festival tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan «Bitiruvchi va talaba — 2024» festivali o‘tkazilishi belgilandi.
Uning doirasida bitiruvchilar uchun retro uslubida gala konsert tashkil qilinmoqda.

Xalqlar do‘stligi maydonida 25 may soat 19:00 da boshlanadigan gala konsert va undagi dronlar shousi festivalning eng yorqin voqeasi bo‘lishi kutilmoqda.
Konsert bitiruvchilar va ularning ota-onalari uchun tashkil qilingan bo‘lib, unda mashhur yulduzlar chiqish qiladi va retro uslubidagi chiqishlar namoyish qilinadi.