Bitiruvchi kurs talabalari haq to`lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboriladi

Mart oyining dastlabki haftasi Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi «Talabalar bandligini ta’minlash»ga qaratilgan videoselektor o’tkazildi va unda bir qator ustuvor yo’nalishlar belgilandi.

Unga ko’ra, talabalar ishlab, daromad topishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishi ko’zda tutildi.

Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Hokimlar ham rektorlar bilan birga hududlarda shunday komissiyalar tashkil etadi.

Komissiya:

– viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga har bir oliygoh kesimida “talabalar balansi”ni aniqlab oladi;

– vakant o‘rinlarini tahlil qilib, har bir viloyat bo‘yicha 1, 2 va 3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini ko‘radi;

bitiruvchi kurslar talabalarini esa hokim, rektor va korxonalar bilan birgalikda kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq to‘lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.