1994 yilda ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin qariyb ellik yil davomida Berlinning ijtimoiy hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan ittifoqchi mamlakatlarga minnatdorchilik belgisi sifatida Berlin parlamenti tomonidan Berlin deputatlari palatasining o’quv jamg’armasi tashkil etildi. Jamg’arma faoliyatining maqsadi sobiq ittifoqchilar – Buyuk Britaniya, Frantsiya, AQSh, Rossiya va sobiq Sovet Ittifoqining boshqa mamlakatlari bilan aloqalarni qo’llab-quvvatlash va kengaytirishdir. Ayni paytda, Berlin deputatlar palatasi o’quv jamg’armasi yiliga 15 ga yaqin stipendiya ajratadi. 10 oyga mo’ljallangan stipendiya miqdori bitiruvchilar va aspirantlar uchun oyiga 1.100 evro va fan nomzodlari uchun oyiga 1.630 evro.
Muddati: 2022 yil 15-dekabr
Batafsil: https://www.parlament-berlin.de/Das-Parlament/Studienstiftung