Belarusiyada bo’lib o’tgan xalqaro tanlovda o’zbekistonliklar g’olib bo’ldi

Minskda «Belaz challenge 2023» uchinchi xalqaro ta’lim chempionati bo’lib o’tdi, unda o’zbekistonlik talabalar yuqori natijalarga erishdilar.

Unda Rossiya, Belarus va O’zbekistonning eng yaxshi texnik oliy o’quv yurtlarining 8 ta jamoasi ishtirok etdi.

Talabalar texnikaning ishlashini tahlil qilish va tog’ – kon sanoati muammolarini hal qilish bo’yicha yangi istiqbolga ega bo’lgan karer samosvallari uchun muqobil energiya manbalarini joriy etish bo’yicha loyihalarni taqdim etdilar.

Mukofotni Milliy tadqiqot texnologik universiteti MISIS Olmaliq filiali talabalari qo’lga kiritdi, ular qisqa muddatlarga va tanlovda debyut qilishlariga qaramay, «eng ijodiy video vizitka» va «BelAZ «mashinasozlik ishining eng original yechimi»nominatsiyalarida birinchilikni qo’lga kiritdilar.