Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Farmonga (PF. 68-son, 21.04.2025) ko‘ra, Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish ushbu markazining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Imom Motirudiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Makkamasi bo‘ysinuviga o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasi islomshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi. Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Ushbu kengash diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo ‘lgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash quyidagi tashkilotlarining ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
- Imom Motirudiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
- O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
- Boshqa diniy-ma’rifiy muassasalar.
Shuningdek, Konfessiyalar ishlari bo ‘ycha kengash faoliyati takomillashtirilib, uning tarkibiga siyosiy arboblar, jamoachilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislar kuzatuvchi sifatida kiritiladi.