Ayrim abituriyentlar testga kirishdagi to‘lovdan ozod etildi

Prezidentning tegishli farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022 y.) ko‘ra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etildi:

  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar.