Ayollarga oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Qarorga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga shart-sharoit yaratish maqsadida imtiyozli ta’lim kreditlari ajratiladi.

Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarning barcha xususiy, xorijiy, davlat ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishlari uchun 14 foizli kreditlar ajratiladi.

Shu bilan birga, ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning o‘qish davri rasman tugaganidan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil mobaynida to‘lanadi.