Birinchi yarim yillikda o‘tkazilgan o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazishda 294 ming 175 nafar pedagog ishtirok etdi. Bu haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Oliy malaka toifasi 16190 nafar yoki attestatsiyada qatnashgan o‘qituvchilar umumiy sonining 6 foiziga berildi.
53 662 nafar (19 %) birinchi malaka toifasini, 104 782 nafar (38 %) ikkinchi malaka toifasini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana 22 ming 626 nafar (8 foiz) o‘qituvchiga mutaxassislik malaka toifasi berildi. 20 030 nafar (7 foiz) o‘qituvchilarga nisbatan “mutaxassis lavozimiga to‘g‘ri kelmaydigan” deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.