Ushbu dam olish kunlarida estradamiz yulduzlarining konsert dasturlari bo’lib o’tadi.
8–9-yanvar kunlari Ashxobod bogʻida oʻzbek estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Taklif etilganlar orasidan xonanda Nilufar Usmonova 8-yanvar kuni kuylaydi, shuningdek, Sardor Tairov hamda Dizayn kulgu jamoasi oʻzining chiqishlari bilan 9- yanvar kuni mehmonlarga zavq ulashadi.
Bayram konserti boshlanish vaqti: 18:00. Chipta narxi: konsert kunlari – 10 000 soʻm, boshqa kunlarda esa 5 000 soʻm.