AQSH’da muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz haqidagi hujjatli film premyerasi: «O‘ZBEKISTONLIK»

«O‘zbekistonlik»

Biror ishda xatoga yo‘l qo‘ysak, tushkunlikka tushib, yangi loyihalarga qo‘l urishga qo‘rqib qolamiz. Ammo aslida insonni xatolar, undan chiqarilgan xulosa va saboqlar kuchli qiladi.

Hayotning turli xil sinovlari va qiyinchiliklaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda dunyoning eng rivojlangan davlatida samarali faoliyat olib borayotgan vatandosh qahramonlarimiz sizga motivatsiya bera olishiga ishonamiz!

12-mart soat 18:00 da MY5 telekanalida turkum filmlar loyihasining birinchi qismi bo‘lgan, AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan «O‘zbekistonlik» hujjatli filmining premyerasini o‘tkazib yubormang!