AQSH, Shveysariya va Avstriyada yozgi dasturlar

AQSHda yozgi dastur

Kaliforniyada tadqiqot dasturi. Dedlayn – 2022-yil 28-yanvar.

Har yozda Breakthrough 5dan 10 tagacha iqtidorli yosh tahlilchilar, yozuvchilar va yetakchilarni bir yerda toʻplaydi.  Dastur ishtirokchisi Breakthrough institutining uchta yoʻnalishidan birida faoliyat olib boradi, ular:

 • energetika;

 • saqlash;

 • oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi.

Dastur iyun va avgust oylarida 10 hafta davom etadi. Ishtirokchilar haftasiga 40 soat ishlaydi va har haftada 600 dollar ish haqi oladi. Turar-joy bilan taʼminlanmaydi. Dastur yakunida ishtirokchilarga shartnoma imzolash va ishga joylashish taklif qilinishi mumkin.

Dasturda bakalavriat, magistratura, aspirantura talabalari, universitet bitiruvchilari va aspirantlar ishtirok etishlari mumkin. Dunyo boʻylab murojaatlar qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Shveysariyada yozgi dastur

UNILʼda biologiya va tibbiyot boʻyicha tadqiqot dasturi. Dedlayn – 2022-yil 31-dekabr.

Biologiya maktabi Biologiya va tibbiyot fakulteti baklavriat dasturida yozgi tadqiqotlar eʼlon qilindi. Biologiya va tibbiyot sohalariga ixtisoslashgan bakalavr dasturlarida taʼlim olayotgan barcha talabalar taklif etiladi.

Dastur 2022-yil 4-iyuldan 26-avgustgacha davom etadi. 

Dastur qisman yoki toʻliq yoʻl xarajatlarini qoplashni taklif etadi. Shuningdek 1 500 frank miqdorida stipendiya beriladi.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.

Avstriyada yozgi maktab

The Vienna Biocenter Summer School tadqiqot dasturi. Dedlayn – 2022-yil 31-yanvar. 

The Vienna Biocenter Summer School bakalavr talabalariga yozgi maktab, magistr va PhD mutaxassislar uchun esa tadqiqot stajirovkasida ishtirok etishni taklif etadi. Nomzodlar tabiiy fanlar yoʻnalishida tahsil olishi va ingliz tilini bilishi kerak.

Maktab 9 oy davom etadi, ishtirokchilarga yashash uchun joy, sugʻurta, yoʻl chiptasi taqdim etiladi va Avstriyaga borish-qaytish xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, talabalarga stipendiya sifatida 1 400 yevro beriladi.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.